All for Joomla All for Webmasters
info@nspi.uz
Э-почта
+998 79 225-07-32
Ishonch telefoni
+998 79 225-19-71
Faks
Rektor qabulxonasi

Boshlang’ich ta’lim kafedrasi

F.I.O.Ernazarova Manzura Saparboyevna
LavozimiKafedra mudiri
Ilmiy daraja va unvonif.f.d. (DSc), professor
Telefon:+998 901890614
E-mail:Closed
Kafedra haqida
Ilmiy - tadqiqot yo`nalishlari
O`qitiladigan fanlar
Kafedra tarkibi
Elektron Axborot Ta'lim Resurslari

Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi 1987-yil 27-mayda Navoiy davlat pedagogika instituti rektori buyrug‘iga binoan pedagogika va boshlang‘ich ta`lim metodikasi  fakulteti  tasarrufida “Boshlang‘ich ta`lim metodikasi” kafedrasi nomi ostida tashkil  etilgan. Kafedra institut ilmiy kengashining 2015-yil 28-fevraldagi 7-sonli qarori bilan Boshlang‘ich ta`lim kafedrasi deb nomlandi.

Boshlang‘ich ta`lim kafedrasi ayni paytda Maktabgacha va boshlang‘ich ta`lim fakulteti negizida faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozirgi kunda kafedrada 36 nafar professor-o‘qituvchilar, shundan; 1 nafar  filologiya fanlari doktori (DSc) professor, 2 nafar dotsent, 7 nafar falsafa fanlari doktorlari (PhD), 8 nafar katta o‘qituvchi, 11  nafar o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Asosiy shtatda 27 nafar professor-oʻqituvchi, 3 nafar  ichki o‘rindosh, 5 nafar tashqi o‘rindosh, 1 nafar soatbay shtatda  professor-oʻqituvchilardan iborat

Kafedrada 5111700 – «Boshlang‘ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish» ta`lim yo‘nalishi va 6111100 – “Boshlang‘ich ta`lim” ta`lim yo‘nalishi bo‘yicha (o‘zbek, qozoq, qoraqalpoq, rus tili kesimida) bakalavrlar tayyorlanmoqda. Kafedrani filologiya fanlari doktori (DSc), professor M.S.Ernazarova boshqarib kelmoqda.

Kafedraning tashkil etilishidan maqsad – xalq ta`limi sohasida yuqori malakali boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash va bu sohada ilmiy pedagogik izlanishlar olib borishdir.

Kafedraning muammosi: “Boshlang‘ich ta`lim mazmunini yangilashning nazariy va amaliy asoslari”.

Kafedraning professor-o‘qituvchilari f.f.d, prof. M.Ernazarova, dots. A.Pirimov, dots. M.Suyunov, p.f.f.d (PhD) F. Holikulova, p.f.f.d (PhD) R.Isroilova, p.f.f.d (PhD) R.Ravshanovalar turli xorijiy va mahlliy nashriyotlarning tahrir haya’tiga qabul qilindilar. Uzluksiz ta’lim tizimini mazmunan modernizatsiyalash va ta`lim-tarbiya samaradorligini sifat darajasiga ko‘tarish bo‘yicha Navoiy shahridagi -2; -8; -9; 10-maktablar bilan  Boshlang‘ich ta`lim kafedrasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik dasturi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda hamda stajirovka dasturi tuzilib, kafedra filiali tashkil etilgan. Darhaqiqat, ta’lim sohasida olib borilayotgan bunday islohotlar, kelajak avlodga berilayotgan yuksak e’tibor, ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik zamirida ulkan maqsad va ezgu harakatlar mujassam.

Hozirgi kunda Boshlang‘ich talim kafedrasi professor-o‘qituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlari ustida izlanib, o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Ernazarova Manzura Saparboyevna –  2000-yilda pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini, 2007-yilda dotsent ilmiy unvonini, 2018-yilda “Grammatik ma’no lisoniy va pragmatik omillar yaxlitligida” mavzusidagi  doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib,  fililogiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini,  2023-yilda professorlik unvonini oldi.

Pirimov Akram Pirimovich – “Issledovaniya trexmernoy turb ulentoy struy reagiruyuo‘ix gazov,istekayuщey iz pryamougol’nogo sopla pri nalichii diffuzionnogo fakela” mavzusida nomzodlik ishini himoya qilib, 1998-yilda fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini, 2003-yilda  dotsent ilmiy unvonini oldi.

Suyunov Miltiq Suyunovich – “Klassik adabiyot materiallarini o‘rganishda arxiektura va miniatura asarlaridan foydalanish – dars samaradorligini oshiruvchi vositalardan beri” mavzusida nomzodlik ishini himoya qilib, 1990-yilda pedagogika fanlari nomzodi ilmiy darajasini, 1991-yilda esa dotsentlik ilmiy unvonini oldi.

Qobulova Nodira Bahodirovna – “Erkin A’zam nasrida davr va inson konsepsiyasi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, 2020-yilda filologiya  fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.

Botirova Adiba Erkinovna –“O‘zbek tilida so‘z turkumlarining birlamchi va ikkilamchi vazifasining funksional-sintaktik tahlili” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, 2018-yilda filologiya  fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.  2023-yilda dotsentlik unvonini oldi.

Isroilova Ruhshona Sunnatovna – “Boshlang‘ich sinf ona tili darslarini loyihalash jarayonida o‘quvchilarni faollashtirish texnologiyasi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, 2020-yilda pedagogika  fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.

Saidova Nilufar Ro‘zimurotovna – “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematikaviy kompetensiyalarini shakllantirishda akt vositalaridan foydalanish texnologiyalari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, 2021-yilda pedagogika  fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.

Alimova Shaxnoza Shukurovna – “Media texnologiyalar vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarni nazariy va amaliy ko‘nikmalarga o‘rgatish (rus tilini o‘qitish misolida)” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, 2022-yilda pedagogika  fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.

Jumayeva Mohigul Abduvohidovna- “Innovatsion ta’lim sharoitida ona tili darslarining samaradorligini oshirish (boshlang‘ich sinf misolida)” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, 2022-yilda pedagogika  fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.

Holikulova Feruza Xasanovna – “Boshlang‘ich sinflarda bayon yozishga o‘rgatish orqali o‘quvchilarning yozma nutqini shakllantirish metodikasi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, 2022-yilda pedagogika  fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.

Yunusova Durdona Axtamovna – “Shavkat Rahmon she’riyatidagi metaforani hosil qiluvchi leksik-grammatik vositalar tadqiqi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, 2022-yilda filologiya  fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.

Ravshanova Ra’no Xandamovna – “Institutsional va spontan nutqda murojaat shakllari“ mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, 2023-yilda filologiya  fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi.

Pardayeva Madixabonu Xakimovna – “Abdulla Qodiriy hajviy asarlari tilining  leksik-morfologik xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasini himoya qilish jarayonida.

Jumayeva Dilnoza Baxshullayevna – “O‘zbek nutqiy muloqotida antroponimlarning pragmatik xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasini himoya qilish jarayonida.

Jo‘rayeva Gulshanoy Turdiyevna – “Jadid ta’lim falsafasining milliy mafkura taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi falsafa fanlari bo‘yicha  falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasini himoya qilish jarayonida.

Kazbekova Fariza Po‘latovna –13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) ixtisosligi  bo‘yicha “Ta’lim qozoq tilida olib borilayotgan maktablarning boshlang‘ich sinflarida o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish (o‘zbek tili darslari misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini f.f.d., prof. M.S.Ernazarova ilmiy rahbarligida olib bormoqda.

Ergashova Fotima Toyirovna –  13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) ixtisosligi  bo‘yicha “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining raqamli texnologiyalardan foydalanish kompetentligini shakllantirish metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoya qilish jarayonida.

Alimov Alisher Yarashevich – “Zamonaviy ta’lim texnologiyalardan foydalanib boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning tayanch kompetensiyalarini shakllantirish tizimini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasini himoya qilish jarayonida.

Yuldoshev Xolmirza Davronovich – “Najmiddin Kubroning tariqatining falsafiy asoslari” mavzusidagi falsafa  fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasini himoya qilish jarayonida.

Najimova Amina Ismatillayevna – “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etish metodikasini takomillashtirish (Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari fani misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ustida  ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Omonboyeva Nursaule Erkin qizi 13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) ixtisosligi  bo‘yicha “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy kompetentsiyalarini rivojlantirishda izohli o‘quv lug‘atlaridan foydalanish  (ta’lim qozoq tilida olib boriladigan maktablarning  o‘zbek tili darslari misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini f.f.d., prof. M.S.Ernazarova ilmiy rahbarligida olib bormoqda.

Norova Iroda Mirzog‘olib qizi 13.00.02. – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) ixtisosligi  bo‘yicha “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida harf ko‘rinishlarining shakllanishi, o‘zgarish omillari va husnixat masalasi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini f.f.d., prof. M.S.Ernazarova ilmiy rahbarligida olib bormoqda.

Raxmatov Shavkat Shuxratovich  10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi  bo‘yicha “Faxriyor she’riyatining lingvopoetikasi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini f.f.d., prof. M.S.Ernazarova ilmiy rahbarligida olib bormoqda.

Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi erkin tadqiqotchisi Rasulova Yulduz Abdumajid qizi  10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi  bo‘yicha “Erkin Vohidov  she’riyatida morfologik vositalarning lingvopoetik xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini f.f.d., prof. M.S.Ernazarova ilmiy rahbarligida olib bormoqda.

Tayanch doktorant Eshniyozova Gulhayo Hamroqul qizi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Halima Xudoyberdiyeva she’riyatida qo‘llangan badiiy san’atlarning lisoniy asoslari” mavzusida ilmiy tadqiqot faoliyatini filologiya fanlari doktori, professor  M.S. Ernazarova ilmiy rahbarligida olib bormoqda.

Jo‘lanov Doniyor Qulmurodovich – “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matematik qobilayatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ustida  ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Boshlang‘ich ta’lim fanlar nazariyasi
Mutaxassislikka kirish
O‘zbek tilining imlo qoidalari
Boshlang‘ich ta’lim metodalogiyasi
Boshlang‘ich ta’limda ona tili va o‘qish savodxonligi, matematika o‘qitishning dolzarb masalalari
Boshlang‘ich sinfda tarbiya fani
Matematika va uni o‘qitish metodikasi
Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalar
Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, inovatsiya va integratsiyasi
Masalalar yechish bo‘yicha praktikum
Boshlang‘ich ta’limda imlo qoidalari
Boshlang‘ich matematika kursi nazariyasi
Matematika o‘qitish metodikasi
Oliy matematika
Ona tili o‘qitish metodikasi
Ona tili
O‘zbek tili tarixi
Tarbiyaviy ishlar metodikasi
Pedagogik mahorat
Ona tili va bolalar adabiyoti
Ona tili-o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi
Hozirgi rus (o‘zbek) tili
T.F. Ifodali o‘qitishga o‘rgatish metodikasi
T.F. Husnixat o‘qitish texnalogiyasi
T.F. O‘qituvchi nutq madaniyati
T.F. Boshlang‘ich ta’limda ona tili va o‘qish savodxonligi , matematika o‘qitishning dolzarb masalalari
T.F. Boshlang‘ich ta’limda ona tili va o‘qish savodxonligi , matematika o‘qitishning konseptual asoslari
T.F.Davlat tilida ish yuritish
Q.F. Xalqaro baholash tizimi

  • Ernazarova Manzura Saparboyevna – f.f.d. (DSc), professor
  • Suyunov Miltiqboy – dotsent
  • Pirimov Akram – dotsent
  • Botirova Adiba erkinovna – f.f.f.d. (PhD), dotsent
  • Qobulova Nodira Bahodirovna – f.f.f.d. (PhD)
  • Isroilova Ruxshona Sunnatovna – p.f.f.d. (PhD)
  • Saidova Nilufar Ro‘zimurotovna – p.f.f.d. (PhD)
  • Alimova Shaxnoza Shukurovna – p.f.f.d. (PhD)
  • Jumayeva Mohigul Abduvohidovna – p.f.f.d. (PhD)
  • Holikulova Feruza Xasanovna – p.f.f.d. (PhD)
  • Ravshanova Ra’no Xandamovna – f.f.f.d. (PhD)
  • Alimov Alisher Yarashevich – katta o‘qituvchi
  • Yuldashev Xolmirza Davronovich – katta o‘qituvchi
  • Pardayeva Madixabonu Xakimovna – katta o‘qituvchi
  • Ergashova Fotima Toyirovna – katta o‘qituvchi
  • Najimova Amina Ismatillayevna – katta o‘qituvchi
  • Julanov Doniyor Qulmurodovich – katta o‘qituvchi
  • Izbosarova Shaxnoza Bahriddinovna – katta o‘qituvchi
  • Kazbekova Fariza Pulatovna  – katta o‘qituvchi
  • Jurayeva Gulshanoy Turdiyevna – o‘qituvchi
  • Jumayeva Dilnoza Baxshillayevna – o‘qituvchi
  • Nomozov Jahongir Sobirovich – o‘qituvchi
  • Raxmatov Shavkat Sh. – o‘qituvchi
  • Omonboyeva Nursaule Erkinovna – o‘qituvchi
  • Norova Iroda Mirzag`olib qizi – o‘qituvchi
  • Mengliyeva Salima T. – o‘qituvchi
  • Tashpulatova Tamara R. – o‘qituvchi
  • Jurayeva Muqaddas – o‘qituvchi
  • Sobirova Sh.S. – o‘qituvchi
  • Omonboyeva Merey Erkinovna – o‘qituvchi
  • Djaxongirova Zuhra – o‘qituvchi
  • G`ofurova Durdona – o‘qituvchi
  • Rizayeva Maftuna – o‘qituvchi
fan doktori, professorlar3%
fan nomzodi, dotsentlar30%
Katta o`qituvchilar24%
O`qituvchi asistentlar41%